Biznesda Islom moliyasi
Kursning 4-mavsumiga xush kelibsiz — 6-iyun, 2026 dan boshlanadi
Siz ham...
Moliyaviy qarorlaringizga asosli, ilmiy yondashishga harakat qilasizmi?
Biznes faoliyatingizda qanday shartnomalar tuzayotganingizdan amin emasmisiz?
Sherikchilik bitimlaringizdagi kamchiliklar tufayli muammolarga duch kelasizmi?
Biznesda eng to'g'ri yo'l tutishni istaysizmi?
Agar "ha" desangiz — bu kurs siz uchun.
Bu kursda siz...
Kurs haqida
Kurs dasturi — 4 ta modul, 14 ta dars
Islom moliyasining nazariy asoslari
| # | Sana | Mavzu | Dars rejalari |
|---|---|---|---|
| 1 | 6-iyun | Islom moliyasiga kirish | Tarixi, asoslari va tamoyillari, qiyosiy tahlil |
| 2 | 7-iyun | Islom moliyasida shartnomalar | Islomdagi o'rni, mol va egalik, ruknlar va turlar |
| 3 | 13-iyun | Savdo | Ta'riflari, joizligiga dalillar, bitimga shartlar |
| 4 | 14-iyun | Qarz va ribo | Qarz munosabatlari, ribo taqiqlari, g'arar va maysir |
Yordamchi va savdo shartnomalari
| # | Sana | Mavzu | Dars rejalari |
|---|---|---|---|
| 5 | 20-iyun | Yordamchi shartnomalar | Tavliya, Iqola, Vakala, investitsiya vakillik |
| 6 | 21-iyun | Nasiya va Taqsit savdo | Kafolat, Garov (Rahn), Nasiya savdo, Taqsit savdo |
| 7 | 27-iyun | Murobaha shartnomasi | Asosiy shartlar, mijoz buyurtmasi, xatarlar, bekor qilish |
| 8 | 28-iyun | Salam savdosi | Ta'rifi, tartibga soluvchi shartlar, shartnomadagi xatarlar |
Sherikchilik va ishlab chiqarish shartnomalari
| # | Sana | Mavzu | Dars rejalari |
|---|---|---|---|
| 9 | 4-iyul | Istisna shartnomasi | Ta'rifi, dalillar, shartlar, xatarlarni kamaytirish |
| 10 | 5-iyul | Mushoraka shartnomasi | Tushunchalar, dalillar, talablar, tugatilishi |
| 11 | 11-iyul | Muzoraba shartnomasi | Tushunchalar, dalillar, Mushoraka bilan aralashishi, tugatilishi |
Zamonaviy moliyaviy xizmatlar va bozorlar
| # | Sana | Mavzu | Dars rejalari |
|---|---|---|---|
| 12 | 12-iyul | Ijara shartnomasi | Tushunchalar, holatlar, turlar, boshqarishdagi muammolar |
| 13 | 18-iyul | Islomiy bank xizmatlari | Vakala, Vadiya, Murobaha, Parallel Salam, Istisna, Mushoraka mutanaqisa, Muzoraba |
| 14 | 19-iyul | Investitsiya va aksiyalar | Obligatsiyalar, aksiyalar, biznes ko'rsatkichlari |
Kursda nimalar kiritilgan?
O'zingizga mos tarifni tanlang
Standart
- Darslarning video yozuvlari — 6 oy
- Kurs materiallari (kitoblar va bloknot)
- Oflayn darslarda qatnashish (14 ta)
- Onlayn savol-javob guruhi
- Kofe-breyk va Networking
- Tarqatma materiallar
- Maxsus sertifikat
- Kuratorlar yordami
Premium
- Darslarning video yozuvlari — 1 yil
- Kurs materiallari (kitoblar va bloknot)
- Oflayn darslarda qatnashish (14 ta)
- Onlayn savol-javob guruhi
- Kofe-breyk va Networking
- Tarqatma materiallar
- Maxsus sertifikat
- Kuratorlar yordami
- Qo'shimcha mustahkamlash darslari
- Shartnomalar auditi (2 tagacha)
Bo'lib to'lash imkoniyati mavjud. Guruh chegirmalari (3, 5, 10 nafar) uchun @mezontalim_admin bilan bog'laning.
Bitiruvchilarimiz nima deydi?
Kurs bitiruvchilarining haqiqiy tajribalari va fikrlari
Mezon Ta'limdagi kurs men uchun katta burilish bo'ldi. Islomiy moliya haqida oldin parcha-parcha bilardim, lekin bu yerda tizimli va dalillarga asoslangan bilim oldim. Hozir moliyaviy qarorlarimni ongliroq qabul qilaman.
Kurs davomida juda ko'plab foydali ma'lumotlar oldim. To'lovim 200% o'zini oqladi. Kurs tugashiga yaqin Mushoraka shartnomasi tuzib bir ish boshladim — shartnomadagi kamchiliklarimni bildim va tuzatdim.
Bizlarning sherikchilik kelishuvimiz bor edi — chet el bilan Muzoraba kelishuvi. O'sha shartnomadagi chalkashliklarni kurs orqali aniqladik va to'g'riladik. O'zimiz tushungan holda shartnomani yangiladik.
Kurs a'lo darajada bo'ldi. O'zim uchun juda manfaatli ilm oldim, biznesimda ko'p narsalar o'zgardi, xatolarimiz juda ko'p ekan.
O'zimizning biznesimizda oldi-berdilarda ham kamchiliklar ko'p ekan, ularni to'g'riladik. Hozir islom banklari ham kiryapti, Murobaha yo'nalishini ancha yaxshi tushunib oldik.