|
Islom moliyasi

Biznesda Islom moliyasi kursining 4-mavsumi uchun ro'yxatdan o'ting

Batafsil
Loyiha haqida 3 daqiqada bilib oling
Me'zon Ta'lim Video

Mezon Ta'lim — bu nima?

Mezon Ta'lim — O'zbekistonda islom moliyasi bo'yicha kasb ta'limini rivojlantirishga yo'naltirilgan maxsus ta'lim loyihasi. Biz Mezon Kengashi islom moliyasi konsalting kompaniyasining ta'lim bo'limida faoliyat yuritamiz.

Bizning maqsadimiz — tadbirkorlar, moliyachilar va barcha qiziquvchilarga islom moliyasi tamoyillarini amaliy, ilmiy va tushunarli tarzda yetkazish.

Har bir kurs — bu faqat nazariya emas, real hayot keyslarida ishlash va professional ustozlardan to'g'ridan-to'g'ri bilim olish imkoniyati.

Biznesda Islom moliyasi

Bizning ta'lim dasturlarimiz

Tez kunda

Sertifikat tayyorlash

AAOIFI va boshqa xalqaro sertifikatlar uchun tayyorlov dasturi. Islom moliyasi sohasida professional maqomga erishish uchun.

Xabar berish
Tez kunda

Biznes tur

Islom moliyasini amalda qo'llagan davlatlar tajribasini o'rganish uchun ta'lim safari. Malaysia, BAA yoki Qozog'iston.

Xabar berish

4-mavsum boshlanyapti!

"Biznesda Islom moliyasi" kursining 4-mavsumiga hoziroq yoziling — joylar cheklangan.

Boshlanishi: 6-iyun, 2026
Dars kunlari: Shanba va yakshanba, 9:00-12:30
Davomiyligi: 7 hafta | 14 dars
Manzil: Millat Umidi universiteti (Novza masjidi yaqinida)
Batafsil

O'quv jarayonidan lavhalar

O'quv jarayoni 1
O'quv jarayoni 2
O'quv jarayoni 3
O'quv jarayoni 4
O'quv jarayoni 5
O'quv jarayoni 6
O'quv jarayoni 7

Bizning hamkorlar

Bitiruvchilarimiz nima deydi?

Kurs bitiruvchilarining haqiqiy tajribalari va fikrlari

Mezon Ta'limdagi kurs men uchun katta burilish bo'ldi. Islomiy moliya haqida oldin parcha-parcha bilardim, lekin bu yerda tizimli va dalillarga asoslangan bilim oldim. Hozir moliyaviy qarorlarimni ongliroq qabul qilaman.

A
Akmal Mirzabayev

"Hesap" startapi hammuallifi

Kurs davomida juda ko'plab foydali ma'lumotlar oldim. To'lovim 200% o'zini oqladi. Kurs tugashiga yaqin Mushoraka shartnomasi tuzib bir ish boshladim — shartnomadagi kamchiliklarimni bildim va tuzatdim.

A
Akbarbek Mustaqimov

"Hisobchilar Uyushmasi" bosh buxgalteri

Bizlarning sherikchilik kelishuvimiz bor edi — chet el bilan Muzoraba kelishuvi. O'sha shartnomadagi chalkashliklarni kurs orqali aniqladik va to'g'riladik. O'zimiz tushungan holda shartnomani yangiladik.

B
Bahodir Akbarov

"Defast Cargo Logistics" kompaniyasi asoschisi

Kurs a'lo darajada bo'ldi. O'zim uchun juda manfaatli ilm oldim, biznesimda ko'p narsalar o'zgardi, xatolarimiz juda ko'p ekan.

A
Azizov A.

Tadbirkor

O'zimizning biznesimizda oldi-berdilarda ham kamchiliklar ko'p ekan, ularni to'g'riladik. Hozir islom banklari ham kiryapti, Murobaha yo'nalishini ancha yaxshi tushunib oldik.

O
Odilov D.

Tadbirkor

Bizning mutaxassis ustozlarimiz

Muxtorjon Akramov
Asosiy o'qituvchi

Muxtorjon Akramov

Kursning asosiy treneri | Mezon Ta'lim direktori

O'zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi o'qituvchisi. Islom moliyasi bo'yicha xalqaro AAOIFI CPSS sertifikati sohibi. 5 yillik amaliy tajribaga ega.

Mehmon spikerlar

Muhammad Ayyubxon Homidov

Muhammad Ayyubxon Homidov

Mezon Kengashi maxsus kengashi raisi

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Mehmon spiker

Yahyobek Razzoqov

Yahyobek Razzoqov

Mezon Kengashi a'zosi

Ko'p so'raladigan savollar

Tayyor bo'lsangiz — birinchi qadamni qo'ying.

4-mavsumga joylar cheklangan. Hoziroq ro'yxatdan o'ting va biznesingizni islom moliyasi tamoyillariga muvofiq rivojlantiring.