OrqagaBizning faoliyat

"Biznesda Islom moliyasi" kursining 4-mavsumi boshlandi!

Mezon Ta'lim jamoasi2026-06-06
"Biznesda Islom moliyasi" kursining 4-mavsumi boshlandi!

6-iyun kuni "Biznesda Islom moliyasi" kursining 4-mavsumi rasman boshlandi!

Birinchi dars

Birinchi darsda 40 dan ortiq yangi ishtirokchi qatnashdi. Bu bizning kursimiz tarixidagi eng katta guruh bo'ldi.

Darsda quyidagi mavzular muhokama qilindi: - Islom moliyasining tarixi va tamoyillari - Foizning mohiyati va unga muqobil yondashuvlar - Shartnomalarning asosiy turlari haqida kirish

Qatnashchilar kimlar?

Ishtirokchilar orasida: - Savdo va xizmat ko'rsatish sohasidagi tadbirkorlar - Bank va moliyaviy muassasalar xodimlari - Startap asoschilari va investorlar - Akademik soha vakillari

Kurs 7 hafta davom etadi va har bir hafta shanba va yakshanba kunlari darslar o'tkaziladi.

Keyingi dars — 13-iyun, shanba kuni.

Biznesda Islom moliyasi