OrqagaBizning faoliyat

"Biznesda Islom moliyasi" kursining 3-mavsumi yakunlandi

Mezon Ta'lim jamoasi2026-04-12
"Biznesda Islom moliyasi" kursining 3-mavsumi yakunlandi

Alhamdulillah, "Biznesda Islom moliyasi" kursining 3-mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi!

14 ta dars davomida ishtirokchilar islom moliyasining nazariy asoslaridan tortib, zamonaviy bank xizmatlarigacha bo'lgan keng mavzularni o'rgandilar. Kurs mobaynida quyidagi muhim shartnomalar tafsilotli tahlil qilindi:

  • Murobaha, Salam, Istisna (savdo shartnomalari)
  • Mushoraka, Muzoraba (sherikchilik shartnomalari)
  • Ijara, Vakala, Rahn (yordamchi shartnomalar)
"Kurs tugashiga yaqin Mushoraka shartnomasi tuzib bir ish boshladim. Shartnomadagi kamchiliklarimni bildim, tuzatdim. Kelajakda keyingi bosqichlar ochilsa ularda ham albatta o'qishni reja qildim." > — Akbarbek Mustaqimov, "Hisobchilar Uyushmasi" bosh buxgalteri

Kurs bitiruv marosimida har bir ishtirokchiga Mezon Ta'lim sertifikati topshirildi.

Keyingi — 4-mavsum 6-iyun, 2026-yildan boshlanadi.

Biznesda Islom moliyasi